Samsungdan yangi noutbuk modellari

Samsung to'rtta yangi portativ laptoplarni taqdim etdi. Ularning barchasi 1080p AMOLED displeylari, Intel 12-avlod protsessorlari, S Pen-ni qo'llab-quvvatlovchi xususiyatlar bilan yanada mukammallashtirilgan.
Galaxy Book2 Pro va Galaxy Book2 Pro 360 har biri ikkita o‘lchamda ishlab chiqariladi - 13,3 va 15,6 dyum, asosiy farqi shundaki, 360 o‘zidan oldingisi kabi, planshet rejimiga to‘liq buklanish imkonini beruvchi ilgakka ega. Kompaniya yangi modellarni 16:9 an'anaviy 13,3 va 15,6 dyumli panellar bilan ishlab chiqardi.
Keling, Galaxy Book2 Pro 360 ni ko'rib chiqaylik. 13,3 dyumli modelning og'irligi atigi 1,04 kg, 15,6 dyumli modelning esa og'irligi 1,41 kg, bu hali ham 15 dyumli panel uchun yengil hisoblanadi. Ikkita AMOLED displey 1920x1080px piksellar soniga ega.
S Pen ni qo'llab-quvvatlash funksiyasi mavjud. Ammo bu qalamda Bluetooth mavjud emas. Yozuvni yanada yaxshiroq aniqlash imkoniyati bilan ta’minlandi.
Galaxy Book2 Pro 360 12-avlod Intel Core i7 yoki Intel Iris X grafikali i5 protsessorlari bilan jihozlangan. 8, 16 va 32 Gb gacha bo'lgan LPDDR5 operativ xotirasi mavjud.
13,3 dyuymli Galaxy Book 2 Pro 360 63 Vt/soat batareyaga ega, 15,6 dyumli model esa uni 68 Vt/soatgacha oshiradi. Ikkala modelda ham 1 ta Thunderbolt 4 va 2 ta USB-C portlari, naushnik va mikrofon kombinatsiyasi hamda microSD porti mavjud. Zaryadlash USB-C porti orqali 65 Vtgacha yetadi. Samsung Galaxy Book2 Pro 360 batareyasidan 21 soatgacha ishlashi mumkin.






