Samsungdan yangi «yashil» smartfonlar

Samsung takomillashtirilgan kameralar va stilus variantini taklif qiluvchi bir qator yangi Galaxy smartfonlarini ommaga taqdim etish arafasida.

Kompaniya qayta ishlangan baliq ovlash to'rlari va ishlatilgan suv idishlari kabi qayta ishlangan materiallardan foydalanish haqida aytib o’tdi.

"Galaxy for the Planet" deb nomlanuvchi reja 5 yilga mo’ljallangan bo’lib, plastik iste’molidan voz kechishga qaratilgan.

Mutaxassislar ushbu yashil tashabbusni olqishladilar.

Neylon baliq ovlash to'rlari ovoz balandligi va quvvat tugmachalarini ushlab turadigan breketlarni ishlab chiqarishda foydalaniladigan poliamid qatron pelletlariga aylantiriladi. Tashlab yuborilgan suv idishlari va CD qutilari ham komponentlar yaratish uchun ishlatiladi.

Forrester ma'lumotlariga ko'ra, Samsung ko'pgina bozorlarda hali ham Appledan ortda qolmoqda:

Buyuk Britaniya aholisining 40 foizi Apple, 33 foizi Samsungdan foydalanadi;

AQSh aholisining 51 foizi Apple, 29 foizi Samsungdan foydalanadi;

Fransiya aholisining 22foizi Apple va 41 foizi Samsungdan foydalanadi;

Avstraliya aholisining 43 foizi Apple, 38 foizi esa Samsungdan foydalanadi.