Sanatoriylarda davolanish uchun yo'llanmalar DXM yoki my.gov.uz orqali beriladi

Keksalar va nogironligi bo'lgan shaxslarga sanatoriylarda davolanish uchun yo'llanmalar faqat DXM yoki YIDXP (my.gov.uz) orqali beriladi.
Ular toifasiga quyidagi keksalar va nogironlar kiradi:
urush nogironlariga va qatnashchilariga tenglashtirilgan shaxslar;
halok bo'lgan harbiy xizmatchilarning yangi nikohdan o'tmagan beva xotinlari (beva erlari);
respublika ahamiyatiga molik shaxsiy pensiya oluvchi shaxslar;
Chernobil AES halokati oqibatida nurlanish kasalligiga chalingan va uni boshidan kechirgan shaxslar, shuningdek, Chernobil halokati sababli nogiron bo'lib qolgan shaxslar;
yadro poligonlari va boshqa radiatsiya-yadro obyektlarida harbiy xizmatni o'tagan pensiya yoshidagi shaxslar;
I va II guruh nogironligi bo'lgan shaxslar, ko'zi ojiz I guruh nogironini kuzatib boruvchi shaxs;
o'zgalar parvarishiga muhtoj yolg'iz keksalar;
yoshga doir pensiya oluvchilar.
P.S. Davlat xizmatlari ko'rsatilgani uchun yig'im undirilmaydi.






