Sankt-Peterburg bilan hududlararo hamkorlikni chuqurlashtirish

S.Umurzakov Sankt-Peterburg shahri ma’muriyatining tashqi aloqalar bo‘yicha qo‘mita raisi Ye.Grigorev boshchiligidagi shahar ma’muriyati hamda Sankt-Peterburgning ilg‘or kompaniyalari rahbariyatidan iborat delegatsiyani qabul qildi.
Uchrashuv chog‘ida savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, madaniy-gumanitar sohalarda hududlararo hamkorlikni yo‘lga qo‘yish istiqbollari, mehnat migratsiyasi sohasidagi munosabatlar hamda qo‘shma tadbirlarga tayyorgarlik masalalari muhokama qilindi.
Mehnat migratsiyasi sohasidagi munosabatlar masalalari muhokama qilindi. Jumladan, Rossiya tomoni o‘zbekistonliklarni Rossiyaga ishlashga uyushgan holda jalb etishda hamkorlik qilishga va ularning kasbiy malakasini oshirishga ko‘maklashishga tayyorligini bildirdi.
Sankt-Peterburg shahri ma’muriyati tomonidan Toshkent shahri va Samarqand viloyati hokimliklari bilan birgalikda hududlararo hamkorlik bo‘yicha II O‘zbekiston-Rossiya forumida ishtirok etishga tayyorgarlikning borishi o‘rganildi. Xususan, mavjud masalalar muhokama qilindi, tadbirni amaliy mazmun bilan to‘ldirish bo‘yicha navbatdagi choralar rejalashtirildi.






