Sanoat kontekstida investitsiyaviy hamkorlikning borishi ko‘rib chiqildi

Joriy yilning 5-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari – Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Jamshid Xodjayev va Saudiya Arabistoni Investitsiyalar vaziri Xolid Al-Falih o‘rtasida videokonferensiya shaklida kengaytirilgan muzokaralar bo‘lib o‘tdi.
ITSV maʼlumotlariga koʻra, muzokaralar chogʻida tomonlar sanoat kontekstida investitsiyaviy hamkorlikning borishini atroflicha koʻrib chiqdilar, shuningdek, yangi istiqbolli loyihalarni amalga oshirish orqali uni chuqurlashtirish istiqbollarini muhokama qildilar.
Kimyo sanoati – polimer va plastmassa ishlab chiqarish bo‘yicha loyiha takliflari almashildi. Shuningdek, qishloq xoʻjaligi, sogʻliqni saqlash va innovatsion texnologiyalarga eʼtibor qaratildi.






