Sanoat kooperatsiyasi. Yangi imkoniyatlar

TIIF doirasida navbatdagi davra suhbati - "Sanoat kooperatsiyasi. Yangi imkoniyatlar" mavzusida O'zbekiston-Xitoy sarmoyaviy forumi bo'lib o'tdi.
O'zbekiston delegatsiyasiga investitsiya va tashqi savdo vaziri o'rinbosari Aziz Voitov boshchilik qildi,
Tomonlar ikki tomonlama hamkorlikning dolzarb masalalari va ilgari ikki mamlakat prezidentlari tomonidan erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish bo'yicha kelgusidagi chora-tadbirlarni muhokama qildilar.
Shuningdek, O'zbekiston Prezidentining joriy yil fevral oyida XXRga tashrifi doirasida imzolangan 2022-2026-yillarda savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlik bo'yicha hukumatlararo dasturni amalga oshirish bo'yicha keyingi harakatlarni jadallashtirish chora tadbirlarini belgilab olishdi.






