Saratonni erta aniqlash amaliyoti joriy etilmoqda

O'zbekistonda Kanada-Slovakiya kompaniyasi bilan hamkorlikda texnologiyalarning transferi amalga oshirilmoqda, bu esa saraton kasalligini aniqlash uchun pul mablag'larining sarflanishini 4 barobar kamaytirishga yordam beradi.

"Kanada-Slovakiya kompaniyasi bilan hamkorlikda O‘zbekistonda saraton kasalligini erta bosqichda antitanachalar orqali aniqlash amaliyotini yo‘lga qo‘yishi kutilmoqda.

O‘zbekistonda kimdir saratonni erta aniqlamoqchi bo‘lsa, qon topshiradi, qon maxsus laboratoriyaga jo‘natiladi va qo‘shni mamlakatlarga jo‘natiladi. Va uni aniqlash uchun taxminan 2 oy vaqt ketadi", dedi Babaxanov Jamoliddin.

Bilamizki saratonni aniqlashda nafaqat vaqt balki mablag' ham sarflanadi. Ushbu texnologik transfer harajatlarni 4 barobar kamaytirib javobni 2 haftada olish imkonini beradi deya ta'kidlandi.