Sardor Umurzakov Bright Uzbekistan jurnalining tahririyat kengashi raisi

Bright Uzbekistan loyihasining Strategik hamkori, O'zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzakov loyiha muallifi Davron Abdullaev bilan uchrashdi.

Xabaringiz bor, Bright Uzbekistan loyihasi 2020-yilda o’z faoliyatini boshlagan. Loyihaning asosiy yo'nalishlari O'zbekistonning eksport, import va investitsion salohiyatini xalqaro maydonda yoritish hamda targ'ib etish bo'lgani sababli, 2021-yildan buyon O'zbekiston Respublikasi Investitsiya va tashqi savdo vazirligi bilan hamkorlik qilib kelmoqda.

Shuningdek, Bright Uzbekistan loyihasi qator boshqa sohalarni ham o'z ichiga olgan. Oliy Majlisi Senati, Savdo sanoat palatasi, Turizm va madaniy meros, Sportni rivojlantirish, Qishloq xo'jaligi va Innovatsion rivojlanish vazirliklari, shu o'rinda Oliy ta'lim muassasalari bilan ham muntazam hamkorliklar yo'lga qoyildi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbuslari bilan 2021-yil 20-avgustda bo'lib o'tgan tadbirkorlar bilan ochiq muloqotda, "Endi yilning eng ilg'or tadbirkorlari kitobini nashr qilaylik" degan taklifni berdilar. Bright Uzbekistan jurnali, davlatimiz rahbarining aynan shu g’oyasini ilgari surib, ilg'or tadbirkorlar jurnali sifatida faoliyat yuritmoqda.

Sardor Umurzakov bilan bo'lib o'tgan uchrashuvda, Bright Uzbekistan bilan hamkorlik doirasida qator yangi loyihalarni amalga oshirish, aniq yo'l xaritasini ishlab chiqish va ularni yo'lga qo'yishga kelishib olindi.

Shu qatorda, Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri birinchi o‘rinbosari Laziz Qudratov boshchilik qilayotgan Strategik rivojlanish agentligi bilan jurnalning kelgusi sonlarida muntazam ishlash masalasi muhokama qilindi.