Sardor Umurzakov Buxoroda infratuzilmaviy qurilish ishlari bilan yaqindan tanishdi

30-iyun kuni Buxoroda O'zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o'rinbosari S. Umurzoqov rahbarligida shaharning tegishli idoralari rahbarlari bilan kengaytirilgan yig'ilish bo'lib o'tdi.

Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki ishtirokida Buxoro viloyatida amalga oshirilayotgan ichimlik suvi ta’minoti va oqova suvlar tizimlarini modernizatsiya qilish hamda avtomobil yo‘llarini rekonstruksiya qilish bo‘yicha loyihalarnining ro‘yobga chiqarilishi o‘rganildi.

Sardor Umurzakov infratuzilmaviy qurilish ishlari bilan yaqindan tanishganidan so'ng, tegishli idoralar rahbarlariga yuqori qo‘shimcha qiymatga ega sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishni mahalliylashtirish bo‘yicha yangi investitsiya loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqishni topshirdi.