Sardor Umurzakov Qozog‘iston va Qirg‘iziston vakillari bilan hamkorlikning chuqurlashtirish borasida navbatdagi tadbirlarni muhokama qildi

Turkmanistonda bo‘lib o‘tayotgan Markaziy Osiyo davlatlari Rahbarlarining 3-Maslahat uchrashuvi davomida Sardor Umurzakov Qozog‘iston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari R.Sklyar va Qirg‘iziston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Raisining o‘rinbosari - iqtisodiyot va moliya vaziri A.Japarov bilan uchrashuvlar o‘tkazdi.
Uchrashuvlar davomida hamkorlikning bugungi holati, mavjud kelishuvlarning amalga oshirilishi, shuningdek, ustuvor yo‘nalishlar bo‘yicha munosabatlarni chuqurlashtirish borasida navbatdagi tadbirlar muhokama qilindi.






