Sardor Umurzakov Tojikiston Respublikasining So'g'd viloyati raisi bilan uchrashuv o'tkazdi

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari, investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.Umurzakov Tojikiston Respublikasining So'g‘d viloyati Raisi R.Axmadzodani qabul qildi.

Muzokaralar davomida qayd etilishicha joriy yilning iyun oyida Tojikistonga oliy darajadagi tashrif yakunlari bo‘yicha O‘zbekiston va Tojikiston viloyatlari ma’muriyatlari o‘rtasida umumiy qiymati qariyb 100 million dollarlik 30 qo‘shma loyihani amalga oshirish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi va 300 million dollardan ortiq qiymatdagi 250 dan ortiq savdo shartnomalari imzolandi.

Muzokaralar natijasida agrosanoat, to'qimachilik sohalarida, shuningdek, Ipakchilik va charm-poyabzal sohalarida loyihalar ma'qullandi.