Sardor Umurzakov Turkiy Kengash Bosh kotibi bilan uchrashuv o'tkazdi

Turkiy Kengash Bosh kotibi Bag'dod Amreevning O'zbekiston hukumat vakillari bilan bir qator uchrashuvlari rejalashtirilgan edi.

Joriy yilning 25 iyun kuni Turkiy kengash rahbari O'zbekiston Bosh vazirining o'rinbosari, investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzakov bilan uchrashdi. Uchrashuv davomida Turkiy Kengash bilan hamkorlik masalalari muhokama etildi.

“Bright Uzbekistan” ijodiy jamoasi Turkiy kengashning axborot hamkori sifatida ham ushbu uchrashuvda bevosita ishtirok etdi. Bizni kuzatishda davom eting!