Sardor Umurzakov Turkiya elchisini kutib oldi

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari, investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.Umurzakov Turkiya Respublikasining O‘zbekiston Respublikasidagi elchisi Olgan Bekarni qabul qildi.

Suhbat davomida ikki tomonlama savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, transport va logistika, madaniy-gumanitar hamkorlikning bugungi holati va istiqbollari muhokama qilindi. Shuningdek, Turkiya Respublikasi vitse-Prezidenti Fuat Oktayning O‘zbekiston Respublikasiga tashrifiga tayyorgarlik ko‘rish masalalari muhokama qilindi.

Ushbu tadbirlar doirasida ikki tomonlama hujjatlarning yirik to‘plamini imzolash rejalashtirilganligi va ularning amalda joriy etilishi O‘zbekiston-Turkiya munosabatlarining yanada rivojlanishiga yangi turtki berishi ta’kidlandi.