Sardor Umurzakov YEOTB boshqaruvi raisi bilan uchrashdi

Moskva shahrida bo‘lib turishi vaqtida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari, investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzakov Yevroosiyo taraqqiyot banki boshqaruvi raisi Nikolay Podguzov bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuvda Yevroosiyo banki bilan hamkorlikni kengaytirishga oid istiqbollar hamda O‘zbekistonda investitsiya faoliyatini kuchaytirish uchun bankning resurslarini jalb qilish masalalari muhokama qilindi. Tomonlar Bank tarafidan moliyalashtirish uchun eng istiqbolli investitsiya loyihalarini o‘rganishga va tegishli tayyorgarlik ishlarini birgalikda olib borishga kelishib oldilar.

Barcha kelishuvlarni amalga oshirish uchun tomonlar shu yil oxirigacha YEOTBning O'zbekistonda vakolatxonasini ochish imkoniyatini ko'rib chiqadilar.