Saudiya Arabistoni cho'lida

Shahar balandligi 500 metrga yaqin ikkita parallel bino va uzunligi 120 km bo‘lgan oyna devordan iborat bo‘lishi ko‘zda tutilgan.

"Mirror Line" dizaynerlari qirollikni o'zgartirish uchun futuristik rivojlanishning bir qismi sifatida tog'lar va cho'llarni kesib o'tuvchi ikkita parallel inshootni taklif qilmoqda. Unga ko'ra, shahar balandligi 500 metrga yaqin ikkita parallel bino va uzunligi 120 km bo‘lgan oyna devordan iborat bo‘lishi ko‘zda tutilgan. Infrastrukturasi esa qayta tiklanuvchi energiyada ishlaydi.

Bu yerda 5 mln nafargacha fuqaro yashashi mumkin. Shuningdek, loyiha 2030-yilgacha yakunlanishi rejalashtirilgan.