Saudiya Arabistoni investitsiya vaziri bilan muzokaralar o'tkazildi

O'zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o'rinbosari - investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzoqov Saudiya Arabistoni investitsiyalar vaziri Xolid al-Falih bilan telekonferentsiya orqali muzokaralar o'tkazdi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.

Suhbat davomida investitsiya va savdo-iqtisodiy hamkorlikning dolzarb masalalari, shuningdek, Saudiya Arabistoni Qirolligi delegatsiyasining shu yil yanvar oyida O'zbekiston Respublikasiga tashrifi davomida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish muhokama qilindi.

Shuningdek, ular savdo, turizm, energetika va kimyo sanoati sohalarida qo'shma hamkorlik loyihalarini ishlab chiqish va amalga oshirish bilan bog'liq masalalarni muhokama qildilar.

Saudiya Arabistoni delegatsiyasining O'zbekistonga tashrifi bir qator ustuvor yo'nalishlarda yanada samarali o'zaro hamkorlik qilish uchun zamin yaratib, ikki tomonlama iqtisodiy sheriklikni rivojlantirishga katta turtki bergani qayd etildi.