Saudiya Аrabistoni Investitsiya vaziriligi va O’zbekiston Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi o’rtasida uchrashuv bo’lib o’tdi

Joriy yilning 27 - fevral kuni Oʼzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʼrinbosari - Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzakov hamda Saudiya Аrabistoni Podshohligi Investitsiyalar vaziri Xolid al–Falih oʼrtasida videokonferensiya tarzida muzokaralar boʼlib oʼtdi.
Uchrashuvda ikki tomonlama investitsiyaviy va savdo-iqtisodiy hamkorlikning dolzarb masalalari, shuningdek, Oʼzbekiston Respublikasi hukumati delegatsiyasining oʼtgan yilning may oyida Saudiya Аrabistoniga tashrifi yakunlari boʼyicha erishilgan kelishuvlarning ijrosi atroflicha muhokama qilindi.
Energetika va energetika infratuzilmasini rivojlantirish sohasiga qoʼshimcha Saudiya Аrabistoni investitsiyalarini jalb qilish imkoniyatlariga alohida eʼtibor qaratildi. Oʼzbekistonda qariyb 3 milliard dollarlik loyihalarni amalga oshirayotgan Saudiya Аrabistonining "ACWA POWER" kompaniyasining bu borada alohida oʼrni borligi taʼkidlandi.
Saudiya Аrabistoni tomoni Oʼzbekistonda qishloq xoʼjaligi, kimyo va neft kimyosi, shuningdek, metallurgiya sohalarida qoʼshimcha loyihalarni amalga oshirish uchun investitsiyalarni jalb qilish boʼyicha yaqin hamkorlikka tayyorligini bildirdi.
Joriy yilda HK yigʼilishi, ikki mamlakat ishbilarmon doiralari oʼrtasida Ishbilarmonlar Kengashining qoʼshma yigʼilishi, shuningdek, Аr-Riyod va Jidda shaharlarida “Made in Uzbekistan” oʼzbek mahalliy mahsulotlarining koʼrgazmasini tashkil etish toʼgʼrisida kelishuvga erishildi.
Uchrashuvda ikki mamlakat oʼrtasida muntazam ravishda toʼgʼridan-toʼgʼri yoʼlovchi havo kemalari qatnovini yoʼlga qoʼyish orqali oʼzaro turistik oqimlarni koʼpaytirish masalalariga toʼxtalib oʼtildi.
Tadbir yakunida ustuvor tarmoqlarda hamkorlikni yanada chuqurlashtirish boʼyicha navbatdagi amaliy harakatlar kelishib olindi.






