Saudiya Аrabistoni kompaniyalari bilan amaliy hamkorlik

2022-yil 13-iyun kuni Oʼzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirining oʼrinbosari Sh.Vafayev Saudiya Аrabistonining “Kdot Partners”, “Maharah Human Resources” va “Classera” kompaniyalari rahbarlari bilan uchrashdi.

Yigʼilish ishtirokchilariga mamlakatimizda iqtisodiy islohotlar va yangilanishlar, iqtisodiyotni liberallashtirish hamda investitsiyaviy muhitni yaxshilash boʼyicha amalga oshirilayotgan kompleks chora-tadbirlar haqida maʼlumot berildi.

Suhbat chogʼida investitsiyalarni jalb etish, qoʼshma investitsiya loyihalarini amalga oshirish, shuningdek, qator ustuvor yoʼnalishlarda oʼzaro hamkorlik qilish boʼyicha amaliy ikki tomonlama munosabatlarni chuqurlashtirish masalalari muhokama qilindi. Masalan, taʼlim, texnologiyalar va innovatsiyalar, transport va turizm kabi sohalarda hamkorlikni rivojlantirish uchun katta imkoniyatlar mavjudligi qayd etildi. Taʼlim sohasidagi hamkorlikni chuqurlashtirish istiqbollari alohida koʼrib chiqildi.

Uchrashuv yakunida belgilangan vazifalar, rejalashtirilgan tadbirlar va kelishilgan loyihalarni amalga oshirish uchun birgalikdagi saʼy-harakatlarni davom ettirishga kelishildi.