Saudiya Arabistoni kompaniyasi Qoraqalpog'iston Respublikasida SHES ga investitsiya qiladi

16 sentabr kuni investitsiyalar va tashqi savdo vazirligida Qoraqalpog'iston Respublikasida quvvati 100 MVt bo'lgan shamol elektr stansiyasini qurish bo'yicha xalqaro tender natijalari e'lon qilindi.

Saudiya Arabistoni "ACWA Power" kompaniyasi shamol elektro stansiyasi qurilish loyihasi bo'yicha xalqaro tender g'olibi deb e'lon qilindi. Mazkur tenderda "Masdar" (BAA) kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan elektr quvvati uchun 2,6550 sent tarifi e'lon qilindi,-deyiladi matbuot xizmati xabarida.

"ACWA Power" 140 million dollarlik loyihaga investitsiya qiladi. Korxona yiliga 400 million kilovatt soat ekologik toza elektr energiyasi ishlab chiqaradi.