Saudiya Arabistoni mamlakatdagi uchinchi xalqaro aviakompaniyani tashkil etmoqchi

Ma’lumotlarga ko’ra, 2022-yilning oxirida ochilishi rejalashtirilayotgan yangi aviakompaniya reyslarini Qizil dengiz sohilida bunyod etilayotgan kelajak shahri – Neomdan faqat xalqaro yo‘nalishlarga qatnovlarni tashkil etishi rejalashtirilgan.
Yaqin Sharqdagi yirik aviatashuvchi, jumladan Emirates, Etihad va Qatar Airways aviakompaniyalari bilan raqobatlashadigan RIA aviakompaniyasi ishga tushayotgani haqida xabar tarqalgandan keyin, podshohlikda yana bir yangi aviakompaniya tashkil etilayotani haqida ma’lum qilindi.
“Saudia Airlines va RIA aviakompaniyalaridan farqli ravishda, 2022-yilning oxirida ochilishi rejalashtirilayotgan ushbu yangi aviakompaniya reyslarini Qizil dengiz sohilida bunyod etilayotgan kelajak shahri – Neomdan faqat xalqaro yo‘nalishlarga qatnovlarni tashkil etishi kerak”,- deyiladi xabarlarda.






