Saudiya Arabistoni mayda Osiyo uchun neft narxini oshiradi — Bloomberg

Saudiya Arabistonining “Saudi Aramco” milliy neft kompaniyasi may oyida Osiyodan keladigan mijozlar uchun neft narxini oshirishga qaror qildi. Bu haqda Bloomberg xabar berdi.
Qayd etilishicha, narxlarning oshishi Osiyo bozoriga yetkazib berilayotgan neftning barcha navlariga taʼsir koʻrsatgan.
Narxlar ko'tarilishining yangi bosqichi doirasida “Arab Heavy” neftining og'ir navi bir barrel uchun 50 sentga, eng mashhur “Arab Light” va “Arab Medium” navlari 30 sentga qimmatlashadi. “Arab Super Light” va “Arab Extra Light” narxlari mos ravishda 5 va 10 sentga oshadi.
“Saudi Aramco” o'z nefti narxini Osiyo mintaqasidagi xaridorlarga ketma-ket uchinchi oy oshirmoqda.
Maʼlumot uchun, Saudiya kompaniyasi Osiyodagi xom neft ta’minotining qariyb 60 foizini, asosan oylik bahosi bo‘lgan uzoq muddatli shartnomalar bo‘yicha sotadi.






