Saudiya Аrabistoni Podshohligi bilan bojxona ishlarida hamkorlik qilinadi

“Xalqaro shartnomani tasdiqlash toʼgʼrisida”gi Prezident qarori qabul qilindi. Qarorga muvofiq, Oʼzbekiston hamda Saudiya Аrabistoni Podshohligi Hukumati oʼrtasida bojxona ishlarida hamkorlik va oʼzaro yordam toʼgʼrisidagi bitim tasdiqlandi.

Mazkur bitim 2022-yil 17-avgust kuni Jidda shahrida imzolangan.

Bojxona qoʼmitasi ushbu xalqaro shartnomani amalga oshirish uchun masʼul boʼlgan vakolatli organ etib belgilandi.

Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralarning rahbarlari ushbu xalqaro shartnoma kuchga kirganidan keyin Oʼzbekistonning majburiyatlari bajarilishini taʼminlaydi.