Saudiya Arabistoni tarixda ilk bor ayol kosmonavt fazoga yuboriladi

Ma’lum qilinishicha, Saudiya Arabistoni bu yil tarixda birinchi marta ayol kosmonavtni fazoga jo‘natadi, bu qirollikning o‘zining o‘ta konservativ qiyofasini o‘zgartirishga qaratilgan yana bir urinishi, deya qayd etilgan xabarlarda.

Qayd etilishicha, Rayana Barnavi hamyurti Ali Al-Qarna bilan birga Xalqaro kosmik stansiyaga (XKS) 10 kunlik missiyaga boradi. Ular shu bahorda Axiom Space xususiy kosmik kompaniyasi missiyasi doirasida SpaceX Dragon kosmik kemasida XKSga uchadi.

Shuningdek, Ax-2 bortida NASAning sobiq astronavti, XKSga to‘rtinchi parvozini amalga oshiradigan Peggi Uitson va uchuvchi bo‘ladigan Tennessi shtatidan biznesmen Jon Shofner bo‘ladi. Ax-2 ekipaji NASAning Florida shtatidagi Kennedi koinot markazidagi 39A “Launch Complex”dan SpaceX Falcon 9 raketasida XKSga uchiriladi.