Saudiya Arabistoni ukrainaliklarga yordam tariqasida 400 million dollar ajratadi

Qayd etilishicha, Saudiya Arabistoni tashqi ishlar vazirligi valiahd shahzoda Muhammad bin Salmon va Vladimir Zelenskiy o‘rtasidagi telefon suhbatidan so‘ng Saudiya Arabistoni hukumati ukrainaliklarga qo‘shimcha 400 million dollar miqdorida gumanitar yordam ko‘rsatishni ma’lum qilgan.

“Prezident Zelenskiy Saudiya Arabistoni rahbariyatining Ukraina xalqiga 400 million dollar miqdorida qo‘shimcha gumanitar yordam ko‘rsatish to‘g‘risidagi qarori uchun valiahd shahzodaga minnatdorchilik bildirdi”, — deyiladi xabarda.