Saudiya Arabistoni ziyoratchilarning safarini osonlashtirishga moʻljallangan platformani ishga tushirdi

Toshkentda Saudiya Arabistonining rasmiy integratsiyalashgan raqamli “Nusuk" platformasining taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Ta’kidlanishicha, platforma xizmatlarning to‘liq spektrini, jumladan, vizalar, ruxsatnomalar, mehmonxona xonalarini bronlash jarayonlari va tartiblarini soddalashtirish imkonini beradi.

Platformada keyinchalik qoʻshimcha xizmatlar — interaktiv xaritalar, takliflar va tadbirlar taqvimi, sogʻliqni saqlash boʻyicha maʼlumotlar va xizmatlar hamda bir necha tillarda taqdim etilgan raqamli qoʻllanmani oʻz ichiga oladi.