Saudiyaliklardan 2023-yilgi Haj ziyoratiga arizalar qabul qilish boshlandi

Saudiya Аrabistonida yashovchilar va Hajga borishni istovchilar uchun 2023-yilgi Haj ziyoratiga arizalar qabul qilish boshlandi. Saudiya Аrabistoni Haj va Umra ishlari vazirligining 5-yanvar kuni Twitterdagi xabariga ko’ra, Saudiyaliklar Haj uchun arizalarni vazirlikning sayti (localhaj.haj.gov.sa) orqali topshirishlari mumkin.

Xabarga koʼra, tasodifiy tanlov yoʼli bilan mahalliy ziyoratchilar roʼyxati shakllantiriladi: Hajni amalga oshirish uchun ruxsatnomani qoʼlga kiritganlar orasidan kimlarga 2023yilda navbat tegishini onlayn-lotereya tizimi aniqlab beradi.