Saudiya Аrabistoni Toshkentda «Аl-Habib akademiyasi»ni tashkil etadi

2023-yil fevral oyidan boshlab shifokor va hamshiralarni tayyorlash boʼyicha 2-Respublika tibbiyot kolleji negizida "Аl Habib akademiyasi"ni tashkil etish maqsadida xususiy sheriklik asosida qoʼshma korxona boʼyicha hamkorlik Bitimi imzolandi.
Mamlakatimiz elchixonasi koʼmagida Oʼzbekiston Toʼgʼridan-toʼgʼri investitsiyalar jamgʼarmasi delegatsiyaning Saudiya Аrabistoniga safari tashkil etildi. Tashrif doirasida, Toshkentda "Аl-Habib akademiyasi"ni tashkil etish borasida hamkorlik aloqalari o’rnatildi.
Shuningdek, tashrifdan koʼzlangan maqsad Saudiyadagi "Dr.Sulaiman al-Habib Medical Group" tibbiyot majmuasi bilan ikki tomonlama qoʼshma korxona ochish yuzasidan shartnoma imzolash hamda "Al-Gihaz Holding Co" va "Al-Hokair" kompaniyalarini Oʼzbekistonda amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalariga jalb etish boʼldi.
Saudiya tomoniga oʼzbekistonlik bir guruh tibbiyot xodimlarining "Dr.Sulaiman al-Habib Medical Group" akademiyasida uch oylik malaka oshirish kurslarida tajriba va bilim koʼnikmalarini oshirayotgani uchun minnatdorlik bildirildi.






