Savdo-iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy hamkorlik boʼyicha qoʼshma hukumatlararo komissiyaning VI yigʼilishi istiqbollari

Xabaringiz bor, yurtimizga Pokiston Islom Respublikasi xukumati va ishbilarmonlari doirasi delegatsiyasi tashrif buyurgan.
Tashrifning ilk kuni tartibida Oʼzbekiston Respublikasi va Pokiston Islom Respublikasi oʼrtasida savdo-iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy hamkorlik boʼyicha qoʼshma hukumatlararo komissiyaning VI yigʼilishi boʼlib oʼtdi.

Yigʼilishda Oʼzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Transport vazirligi, Qishloq xoʼjaligi vazirligi vakillari ishtirok etishdi. Unda ikki davlat oʼrtasidagi yuqorida taʼkidlangan sohalar bilan bogʼliq qator masalalar muhokama etildi.

Аlbatta, mazkur tadbirda Oʼzbekiston Respublikasi Investitsiya va tashqi savdo vazirligining oʼrni alohida ekanligini taʼkidlash oʼrinli.

Yig'ilishni kirish so'zi bilan ochib bergan O'zbekiston Respublikasi Bosh Vaziri o'rinbosari, Investitsiya va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzakov, avvalo Pokiston Islom Respublikisi Bosh Vaziri maslaxatchisi Аbdul Razzoq Dovud ushbu tadbirda shaxsan ishtirok etayotganidan mamnun ekanligi, bu kabi yuqori darajadagi uchrashuvlar kelgusida har ikki tomonga ham foydali bo'lishi haqida so'zlab o'tdi.

Jumladan, so'nggi yillarda O'zbekiston-Pokiston aloqalari yangi bosqichga ko'tarilganligi, o'tgan yili sentyabr oyida Islomobodda Pokiston Islom Respublikasi Bosh Vaziri bilan bo'lib o'tgan uchrashuvda erishilgan kelishuvlar bugunga kelib o'z natijasini berayotgani haqida so'zlab o'tildi.