Savdo qoidalarini buzganlik uchun jinoiy javobgarlik toʼliq bekor qilinadi

Ochiq muluqotda ta’kidlanishicha, savdo sohasida faoliyat koʼrsatadigan tadbirkorlarimizni qariyb 30 yildan beri qiynab keladigan muammo ham yechiladi, yaʼni savdo qoidalarini buzganlik uchun jinoiy javobgarlik toʼliq bekor qilinadi (Jinoyat kodeksining 189-moddasi).

Birinchi marta xato qilgan kichik biznes vakillariga jazo chorasi qoʼllanilmaydi. Buning oʼrniga kamchiliklarni bartaraf etishga soliq idoralari koʼmakchi boʼladigan tizim joriy etiladi.

Jarimalar miqdori ham tadbirkorlarning toʼlayotgan soligʼidan oshib ketmasligi kerak.

"Bizda quruvchi, madaniyat, taʼlim kabi soha vakillari uchun faxriy unvonlar mavjud.

Lekin, Yangi Oʼzbekiston poydevorini yaratishga eng katta hissa qoʼshib kelayotgan zahmatkash tadbirkorlarning eʼtibordan chetda qolgani adolatdan emas.

Shu bois, koʼp ish oʼrinlari yaratgan, biznesning yangi yoʼnalishlarini yoʼlga qoʼygan, oʼz sohasida innovatsiya va islohotlar qilgan va el-yurt orasida obroʼ topgan biznes vakillarini munosib eʼtirof etish uchun “Oʼzbekistonda xizmat koʼrsatgan tadbirkor” faxriy unvonini taʼsis etishni taklif qilaman", dedi Prezident ochiq muloqotda.