Saylov jarayonini OAVda samarali yoritish bo‘yicha trening o‘tkazilmoqda

Poytaxtdagi Raddison Blu mehmonxonasida O'zbekistonda prezidentini sayloviga tayyorgarlik ko'rish va uni o'tkazish jarayonini yoritishga bag‘ishlangan "Ommaviy axborot vositalarida saylovlarni samarali yoritish masalalari" mavzusida jurnalistlar uchun trening o'tkazilmoqda.

Unda xalqaro ekspertlar, MSK vakillari, tajribali mediatrenerlar, OAV xodimlari ishtirok etmoqda.

Trening reglamentiga ko‘ra, ekspertlar tomonidan turli mamlakatlardagi ommaviy axborot vositalarida saylov jarayonlarini yoritilish bo‘yicha misollar keltiriladi.

Trening ishtirokchilari OAVda saylov jarayonini yoritishdagi umumiy kamchiliklar va ularni hal qilish muammolari bilan yaqindan tanishish imkoni bo‘ladi.

Bundan tashqari, ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamini saylov jarayonidagi ishtirokini yoritish batafsil tahlil qilish kun tartibiga qo‘yilgan.