Saylovda jami 968 nafar xorijiy kuzatuvchi qatnashadi

Bu haqda Markaziy saylov komissiyasining navbatdagi yigʼilishida maʼlum buldi. 

2021-yil 18-oktyabrь MSKning navbatdagi yigʼilishi boʼlib oʼtdi. Unda prezident saylovida xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlardan qatnashadigan kuzatuvchilarni akkreditatsiya qilish hamda OАV vakillarini akkreditatsiyadan oʼtkazish masalalari joy oldi.
Shu kunga qadar akkreditatsiyadan oʼtkazilgan Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlardan qatnashadigan kuzatuvchilar umumiy soni 968 nafarni tashkil etmoqda. 
Bundan tashqari, akkreditatsiyadan oʼtkazilgan mahalliy OАV vakillari jami 1439 nafar, xorijiy ommaviy axborot vositalari vakillari esa 233 nafarni tashkil etmoqda.
MSK tomonidan xalqaro kuzatuvchilarni hamda OАV vakillarini akkreditatsiyadan oʼtkazish uchun hujjat qabul qilish 14-oktyabrь kuni toʼxtatildi.
Majlisda kun tartibiga kiritilgan qarorlar ochiq ovoz berish orqali, komissiya aʼzolari tomonidan bir ovozdan qabul qilindi.