Saylovi byulletenining shakli va matni tasdiqlandi

23-sentabr kuni Markaziy saylov komissiyasining navbatdagi yig‘ilishida saylov byulletenining shakli va matni tasdiqlandi. Bu haqda MSK matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lumot uchun, nomzodning familiyasi, ismi, otasining ismi saylov byulleteniga uning tug‘ilgan yili va uni nomzod etib ko‘rsatgan siyosiy partiya ko‘rsatilgan holda alifbo tartibida kiritiladi.

Saylov byulletenlari davlat hamda okrug saylov komissiyasining qaroriga binoan tegishli okrug aholisining ko‘pchiligi so‘zlashadigan tillarda nashr etiladi. Bundan tashqari, byulletenlar Brayl alifbosidagai trafaretlar ham chop etiladi.