Sayyohlar uchun turistik charter poyezd qatnovi yoʻlga qoʻyildi

O‘zbekiston – Qirg‘iston – Qozog‘iston yoʻnalishida turistik charter poyezd ilk qatnovini amalga oshirdi. Bu haqda “Oʻztemiryoʻlyoʻlovchi” AJ xabar berdi.

Poyezd “Toshkent – Buxoro - Xiva - Samarqand - Qamashi - Kitob - Turkiston - Bishkek – Olma-Ota” yoʻnalishida harakatlanadi. Qatnovda Norvegiya, Shvetsariya, Fransiya, Germaniya, AQSH va boshqa davlatlardan kelgan 60 nafar sayyohga xizmat koʻrsatiladi.

“Oʻztemiryoʻlyoʻlovchi” AJ va Germaniyaning “Lernidee Erlebnisreisen”turistik kompaniyasi hamkorligida 10 ga yaqin turistik charter poyezdlar harakatlanishi rejalashtirilgan.

Keyingi turistik charter poyezdlar 2023-yilning avgust-oktabr oylarida harakatlanishi mo'ljallangan.