Sberbank Yevropa bozorini tark etishga qaror qildi

Sberbank Yevropa bozoridan chiqib ketishga qaror qildi, bunga sabab guruhning sho'ba korxonalari naqd pulning g'ayritabiiy tranzaksiyasiga hamda xodimlar va filiallar xavfsizligi tahdidlariga duch kelgani bo’lmoqda.

Shu bilan birga, aktivlar mijozlarning omonatlarini to'lash uchun yetarli bo'ladi, deyiladi bank bayonotida.

Bank mahalliy qonunlar bilan Rossiya Markaziy bankining buyrug‘i tufayli bir vaqtning o‘zida kapitali va aktivlari sifati yuqori bo‘lgan, mijozlarning omonatlari sug‘urtalangan Yevropa sho‘ba banklariga likvidlikni yetkazib bera olmasligini tushuntirdi.