Senat Raisi Аshxoboddagi Markaziy Osiyo mamlakatlari yetakchi ayollari Muloqotida ishtirok etdi

Oʼzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi Tanzila Narbayeva boshchiligidagi delegatsiya Turkmanistonning Аshxobod shahrida oʼtkazilgan Markaziy Osiyo yetakchi ayollar muloqotining yillik yigʼilishida ishtirok etdi.
Taʼkidlash joizki, Markaziy Osiyo mamlakatlari yetakchi ayollari Muloqotiga 2020-yil dekabr oyida Oʼzbekiston tashabbusi bilan asos solingan boʼlib, mintaqadagi xotin-qizlarni qoʼllab-quvvatlash, ularning siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy rolini oshirish hamda barqaror rivojlanish bilan bogʼliq qarorlarni qabul qilish jarayonlarida ishtirok etish imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida norasmiy mintaqaviy platforma hisoblanadi.
Markaziy Osiyo yetakchi ayollari muloqoti aʼzolari, BMT taraqqiyot dasturi, BMT bosh kotibining Markaziy Osiyo boʼyicha maxsus vakili, BMTning Markaziy Osiyoda preventiv diplomatiya boʼyicha mintaqaviy markazi rahbarlari qatnashgan anjumanda Turkmaniston raisligida Muloqot doirasida 202-yilda amalga oshirilgan ishlar sarhisob qilinib, mintaqadagi gender tengligi masalalari muhokamalar markazida boʼldi. Shuningdek, faoliyatning ustuvor yoʼnalishlarini belgilash hamda mazkur platformani instituttsionallashtirish yuzasidan fikr almashildi.
Yigʼilishda soʼzga chiqqan Oliy Majlis Senati Raisi T.Narbayeva birgalikdagi saʼy-harakatlar tufayli Muloqot dolzarb mintaqaviy platformaga va Markaziy Osiyo davlatlari oʼrtasida gender tengligini taʼminlash masalalarini keng va ochiq muhokama qilish uchun muhim maydonga aylanganini, umumiy taraqqiyot koʼp jihatdan gender tengligi va ayollarni qoʼllab-quvvatlash masalalariga global va mintaqaviy eʼtibor darajasiga bogʼliq ekani, chunki ular farovonlik va iqtisodiy oʼsish, taraqqiyot omili va qudratli harakatlantiruvchi kuch sifatida hal qiluvchi rol oʼynayganini taʼkidlab oʼtdi.






