Senat Raisi Qirollik oilasi va Buyuk Britaniya xalqiga hamdardlik bildirdi

Bugun Oʼzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi Tanzila Narbayeva Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligi elchixonasiga tashrif buyurib, Qirolicha Yelizaveta II ning vafoti munosabati bilan uning oila aʼzolariga va butun Buyuk Britaniya xalqiga Oʼzbekiston xalqining hamdardligini yetkazdi.
Senat Raisi elchixonadagi taʼziyalar kitobiga hamdardlik soʼzlarini yozib qoldirdi.
“Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligi Qirolichasi Yelizaveta II Zoti Oliyalarining vafoti munosabati bilan Qirollikning moʼtabar oila aʼzolariga va butun Buyuk Britaniya xalqiga chin dildan hamdardlik tuygʼularimizni izhor etamiz”, — deyiladi Senat Raisi taʼziyanomasida.






