Senat Raisi va Parlamentlararo ittifoq bosh kotibi uchrashuvida muhim masalalar muhokama qilindi

Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbayeva Xalqaro mehnat konferensiyasining 110-sessiyasidagi ishtiroki doirasida Parlamentlararo ittifoq bosh kotibi Martin Chungong bilan ham uchrashdi.
Uchrashuvda Oʼzbekistonning Parlamentlararo ittifoq bilan samarali hamkorlik aloqalari va mamlakatimizda parlamentarizmning soʼnggi yillardagi rivojlanishiga eʼtibor qaratildi.
Shuningdek, suhbatda 2022-yilning 8-9-sentabr kunlari Oʼzbekistonda boʼlib oʼtadigan Jahon parlamentlari ayol rahbarlarining navbatdagi 14-sammitiga tayyorgarlik koʼrish va oʼtkazish masalalari muhokama qilindi.






