Senat tashkilot xodimlarini majburiy emlash to'g'risidagi qonunni tasdiqladi

Yangi qabul qilingan qonunga muvofiq, agar xodim profilaktik emlashdan o‘tishni rad etsa, ish beruvchi uni ishga qo‘ymaslikka haqli.
Oliy Majlis Senatining o‘n yettinchi yalpi majlisida “Aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi to‘g‘risida”gi Qonun muhokama qilindi.
Mehnat kodeksida xodim yuqumli kasalliklar tarqalishi xavfi mavjud bo‘lgan taqdirda joriy etiladigan profilaktik emlashdan o‘tishni rad etgan taqdirda (sog‘lig‘ining holatiga ko‘ra qarshi ko‘rsatma mavjud bo‘lmaganda) ish beruvchi uni ishga qo‘ymaslikka haqli ekanligi nazarda tutilmoqda.






