Senat yalpi majlislariga tanqidiy masalalarni olib chiqish, bu kimningdir ishidan ayb qidirish emas – T.Narbayeva

Xabaringiz bor, 29-yalpi majlisda senatorlar tomonidan hududlardagi ayrim muammoli masalalar koʼtarilib, ularni oʼrganish va hal etish choralarini belgilash maqsadida mutasaddi vazirlik va tashkilotlar belgilangan edi.
32-yalpi majlisda kun tartibidagi masalalardan tashqari ushbu muammolar yechimi boʼyicha amalga oshirilgan ishlarga qisqacha toʼxtalib oʼtildi.
Tanqidiy muhokamalar davomida vazirlik idorlarning shunchaki axborot yoki hisobotlari emas, senatorlar tomonidan berilayotgan savollarga aniq javob berish aytib oʼtildi.
"Senat yalpi majlislariga tanqidiy masalalarni olib chiqish, bu kimningdir ishidan ayb qidirish emas. Аksincha, aholi vakillarini qiynayotgan muammolarga yechim topishdir. Bizga tashkilotning ish faoliyati yuzasidan axborot yoki hisoboti emas, savollarga aniq javob berishingiz soʼraladi", - deya taʼkidlab oʼtdi Senat Raisi Tanzila Narbayeva muhokamalar davomida.






