Senatda yangi qo'mita tashkil etildi

25-iyun kuni Oliy Majlis Senatining XVI yalpi majlisida Axborot siyosati va davlat organlarida ochiqlikni ta'minlash masalalari qo'mitasini tashkil etish masalalari muhokama qilindi, deb xabar beradi senat.uz.

Senator Farhod Esonovich Boqiyev Axborot siyosati va davlat organlarida ochiqlikni ta'minlash masalalari qo'mitasi raisining o'rinbosari etib saylandi.

Xususan, ushbu qo'mitaning eng asosiy vazifasi hukumat tomonidan amalga oshirilayotgan barcha ishlar haqida xolis va toʻgʻri xalqqa yetkazib berishdir, dedi Tanzila Narbayeva.