Senatining yigirma toʼqqizinchi yalpi majlisi oʼz ishini boshladi

Navbatdagi yalpi majlisda bir qator masalalar koʼrib chiqiladi, “Oʼzbekiston Respublikasining Uy-joy kodeksini tasdiqlash toʼgʼrisida”gi, “Davlat qarzi toʼgʼrisida”gi, “Oʼzbekiston Respublikasining Oila kodeksiga oʼzgartishlar kiritish toʼgʼrisida”gi, qonunlar shular jumlasidandir.

Shuningdek, “Sudlarning faoliyati raqamlashtirilishi munosabati bilan Oʼzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʼzgartish va qoʼshimchalar kiritish toʼgʼrisida”gi va “Oʼzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʼzgartish va qoʼshimchalar kiritish toʼgʼrisida”gi qonunlarni muhokama qilish nazarda tutilgan.

Bundan tashqari, senatorlar tomonidan Oʼzbekiston Respublikasi Korruptsiyaga qarshi kurashish agentligi direktorining Oʼzbekiston Respublikasida korruptsiyaga qarshi kurashish toʼgʼrisidagi milliy maʼruza haqidagi axboroti muhokama etiladi.