Senatning 36-yalpi majlisi o’z ishini boshladi

Bugun, 27-dekabr kuni Oʼzbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senatining 36-yalpi majlisi o’z ishini boshladi. Qayd etilganidek, videokonferensaloqa tizimidan foydalangan holda boʼlib oʼtayotgan navbatdagi yalpi majlisda bir qator masalalar muhokama qilinishi rejalashtirilgan.

Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyevning Oliy Majlis va Oʼzbekiston xalqiga Murojaatnomasidan kelib chiqadigan ustuvor yoʼnalishlar, shuningdek, “2023-yil uchun Oʼzbekiston Respublikasining Davlat byudjeti toʼgʼrisida”gi, “2022-yil uchun Oʼzbekiston Respublikasining Davlat byudjeti toʼgʼrisida”gi Oʼzbekiston Respublikasi Qonuniga oʼzgartishlar kiritish haqida”gi, “Huquqbuzarliklar profilaktikasi toʼgʼrisida”gi, “Muvofiqlikni baholash organlarini akkreditatsiya qilish toʼgʼrisida”gi, “Аlkogol va tamaki mahsulotlarining tarqatilishini hamda isteʼmol qilinishini cheklash toʼgʼrisida”gi qonunlar shular jumlasidandir.