Serdar Berdimuhamedov Islom Karimov maqbarasini ziyorat qildi

Shanxay hamkorlik tashkiloti davlat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisida faxriy mehmon sifatida ishtirok etish uchun bugun Samarqandga kelgan Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov Hazrati Xizr majmuasiga borib, O'zbekiston Respublikasining birinchi prezidenti Islom Karimov qabriga gul qo‘ydi va xotirasiga hurmat bajo keltirdi va ular haqiga qur’on tilovat qilindi.