Serdar Berdimuhamedov Turkmaniston Respublikasi Prezidenti saylovida gʼalaba qozondi

Joriy yilning, 12-mart kuni boʼlib oʼtgan navbatdan tashqari prezident saylovida Serdar Berdimuhamedov saylovchilarning 72,97 foiz ovozini toʼplab, Turkmanistonning keyingi yetti yillikdagi Prezidenti etib saylandi.

Saylovda Turkmaniston aholisining 97,17 foizi ishtirok etgan. Serdar Berdimuhamedovning inauguratsiyasi 19-mart kuni oʼtkazilishi rejalashtirilgan.