Serdar Berdimuhamedov “Turkmanistonning mohir diplomati” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi

“Arzuw news” xabariga ko’ra, Turkmaniston prezidenti Serdar Berdimuhamedovga “Turkmanistonning mohir diplomati” ko‘krak nishoni topshirildi. “Turkmanistonning mohir diplomati” nishoni 2021-yil fevral oyida ta’sis etilgan.

Manbaalarda qayd etilishicha, Prezidentni mukofotlash qarori Turkmaniston Milliy Gengesh Mejlisi (parlamenti) tomonidan qabul qilingan. Hujjatga ko‘ra, xalq maslahati (parlament yuqori palatasi) raisi lavozimini ham egallab turgan prezident Turkmaniston mustaqilligi va betarafligini mustahkamlashga, tinchliksevar tashqi siyosatga, davlat manfaatlarini himoya qilishga qo‘shgan hissasi uchun mukofotlangan.