Serdar Berdimuhamedov va Baxtiyor Saidov uchrashuv o'tkazdilar

O'zbekiston Respublikasi Tashqi Ishlar vaziri v.b, Baxtiyor Saidov Ashxobodga bo'lib turgan amaliy tashrifi davomida Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov qabulida bo'ldi.

"Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov Janobi Oliylari tomonidan bugun Ashxobodda iliq qabul qilinganimiz biz uchun katta sharafdir. Davlatlarimiz rahbarlari o'rtasida o'rnatilgan yaqin va do’stona aloqalar barcha sohalarda strategik sherikligini rivojlantirish uchun mustahkam zamin yaratmoqda." - deya yozadi B. Saidov.