Sergey Lavrov O'zbekistonga keladi

Joriy yilning 28-29-iyul kunlari Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov O'zbekistonga keladi. Qayd etilishicha, vazir Toshkent shahrida bo'lib o'tadigan Shanxay hamkorlik tashkilotiga (ShHT) aʼzo davlatlar Tashqi ishlar vazirlari kengashining yigʻilishida ishtirok etadi.
Bu haqda Rossiya TIV vakili ma’lum qildi.
TIV vakilining qo‘shimcha qilishicha, uchrashuv chog‘ida xalqaro va mintaqaviy kun tartibidagi dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashiladi.






