Shackletone’s Endurance kema qoldiqlari ustidan ekspeditsiya boshlanadi

Endurance kemasi 1914 - 1917 - yillarda Ernest Shakltonning Antarktidaga ekspeditsiyasi davomida yo'qolgan.
Hozirgacha kemani dengiz tubidan izlab topishga bo'lgan urinishlar muvafaqqiyatsiz kechgan.
U 3000 m chuqurlikda joylashgan, ammo bu kemani topish uchun duch kelinadigan eng katta qiyinchilik emas. Asosiy muammo bu suv ustidagi muz. U harakatlanishni batamom imkonsiz qilib qo’yadi.
Ernest Shekltonning "Endurance" kemasining 100 yildan ko'proq vaqt oldin cho'kib ketgan joyi olimlarga ma’lum. Biroq, hozirgacha uning qoldiqlarini Antarktidaning dengiz tubida topishga bo’lgan urinishlar behuda ketgan.
Hatto sun'iy yo'ldoshlar va metall muzyorarlar asrida ham Endurance kemasini toppish imkonsiz bo’lib qolmoqda.
"Ishoning, bu juda qo'rqinchli", - deydi yangi ekspeditsiyani boshlash arafasida turgan dengiz arxeologi Mensun Bound.
“Endurance22” ekspeditsiyasi rahbari, doktor Jon Shersning aytishicha, oldingi ekspeditsiyalardan tegishli muhim saboqlar olingan va yangi jamoaga yordam sifatida suvosti kemasi va bir qancha vertolyotlar safarbar etilgan.






