Shaharlararo avtobuslarga chipta: «UzBus» mobil ilovasi ishga tushirildi

Transport vazirligining xabariga ko’ra, O'zbekistonda "UzBus" mobil ilovasi ishga tushirildi. Mazkur mobil ilova orqali foydalanuvchilar "Toshkent" avtovokzalidan amalga oshirilayotgan shaharlararo avtobus qatnovlariga chiptalarni elektron tarzda xarid qilishlari mumkin.
Qayd etilishicha, o‘lovchilar mobil ilova yordamida "Toshkent" avtovokzalidan amalga oshirilayotgan shaharlararo va xalqaro yo‘nalishlardagi qatnovlar jadvali bilan real vaqt rejimida tanishish imkoniyatiga ega.
"UzBus" mobil ilovasi orqali hozirda Buxoro – Toshkent yo‘nalishidagi avtobus qatnovlariga ham chiptalarni elektron shaklda sotib olish mumkin.
Ta’kidlanishicha, bosqichma-bosqich ravishda barcha viloyatlardan Toshkent shahriga bajariluvchi qatnovlarga chiptalarni ushbu mobil ilova yordamida elektron xarid qilish imkoniyati yaratiladi.






