Shanliurfa Islom olamining «2023 Turizm shahri» sifatida e'tirof etildi

Turkiya viloyatlaridan biri boʼlgan Shanliurfa, “Islom hamkorlik tashkiloti” 11-Turizm Vazirlari Konferensiyasida “2023 yil turizm shahri” etib belgilandi. 57 aʼzo davlatga ega boʼlgan “Islom hamkorlik tashkiloti” tomonidan berilgan ushbu eʼtirofni nishonlash uchun Shanliurfa bir qancha tadbirlarga mezbonlik qiladi.
Jumladan, Xalqaro Halol koʼrgazmasi, Islom olami olimlari simpoziumi va Islom dunyosini birlashtirgan sayohat kitoblari simpoziumi. Turizm shahri maqomiga koʼra, Shanliurfa bu yil mahalliy va chet ellik sayyohlarni ikki barobar koʼp jalb qilishi kutilmoqda.
Shanliurfa haqida: Koʼpincha Turkiyaning janubi-sharqidagi ochiq osmon ostidagi muzey sifatida tasvirlangan Shanliurfa favqulodda tarixiy, diniy va arxeologik kashfiyotlarni taqdim etadi. 12 ming yillik tarixga ega Shanliurfa turli dinlar, madaniyatlar va sivilizatsiyalarning izlarini oʼzida mujassam etgan “Birinchi va eng qadimgi” shahar sifatida diqqatni tortmoqda.
Koʼpgina dinlar nuqtai nazaridan muqaddas hisoblangan shahar, Balikligoʼl (Baliqli koʼl) va Аyn Zeliha (Zelihaning koʼzi) kabi diqqatga loyiq joylarga mezbondir. YuNESKOning Jahon merosi roʼyxatiga kiritilgan Goʼbeklitepe va neolit davriga oid “Tosh Tepalar” hududi ham Shanliurfada. Tarixiy “Harran” gumbazli uylari va tabiiy goʼzalliklari bilan ajralib turadigan sokin shahar Halfeti ham bu qadimiy shaharning diqqatga sazovor joylari sanaladi.
Turkiyaning eng katta muzey majmuasi ham aynan Shanliurfada joylashgan, manbaalarga ko’ra Shanliurfa muzeylar shahridir. Turkiyaning eng katta muzey majmuasi boʼlgan Shanliurfa arxeologiya muzeyi, dunyodagi eng katta neolit kollektsiyasi boʼlib, Аxilley va Аmazonlar hayotini aks ettiruvchi ulkan va ajoyib Rim villasi mozaikasi joylashgan Haleplibahche mozaika muzeyi tashrif buyuruvchilarni xronologik konseptsiya bilan vaqt boʼylab sayohatga olib boradi.






